

So'nggi soatlarda muzokaralar ijobiy tus oldi. "Portu" Ispaniya terma jamoasi posboniga yiliga 5 mln. evro maosh to'lashga tayyor. Shartnoma muddati 2+1. Portugaliyaliklar Kasilyasga pul ishlatmaslik uchun, darvozabonning erkin agent bo'lishini istayapti. Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" Kasilyasning klubdagi xizmatlarini hisobga olib bu ishni bajarishga tayyor. Ammo Kasilyas "Portu"da "Real"dagidan kam ishlab topmoqchi emas. Uning "Real" bilan 2 yillik shartnomasi bor va posbon har bir mavsum uchun 13 va 12 mln. evro ishlab topadi. "Portu" Kasilyasga ikki yil ichida 10 mln. evro to'lab beradi, demak "Real" qolgan 15 mln. evroni o'z bo'yniga olishi kerak.



