Adriano Galliani: “Milan” tarixidagi eng yaxshi o'yinchi - Van Basten

“Milan” klubining sobiq vice-prezidenti klub tarixidagi eng yaxshi o'yinchi kim degan savolga javob berdi.

“Bu so'zsiz - Marko van Basten”, - deb javob berdi Galliani.

Ma'lumot uchun Marko van Basten 1987-1993 yillar oralig'ida “Milan” tarkibida to'p surgan. U klub safida 147 ta o'yin o'tkazib, 90 ta gol urishga erishgan.


Manba: Football Italia