Adrian: "Ikki hafta oldin qayerda o'ynashimni bilmasdim"

15 avg 2019, 19:20
"Liverpul" darvozaboni Adrian Kastilo Yevropa Superkubogi-2019da g'alaba qozongani haqida fikr bildirdi.

"Bir oy oldin do'stlarim va murabbiylar bilan Ispaniyada ishlayotgandim. Ikki hafta oldin qayerda o'ynashimni bilmasdim - Ispaniyada yoki boshqa liga. Lekin, "Liverpul" bor edi. Bu hayotimda qilgan eng yaxshi qarorim. Menda imkoniyat bo'lishini bilardim, ammo bunchalik tez bo'lishini kutmagandim. Bu yerda ekanimdan faxrlanaman va boshidan o'yinchilar menga yordamlashayotgani uchun xursandman. Ular qo'llarini ochib kutib olishdi. Bu ajoyib kecha edi", - deydi Adrian.

O'xshash yangiliklar


Manba: liverpoolfc.com