Adebayor: "Rio haqiqiy jinni"

Mirjalol Normatov
28 apr 2019
Emmanuel Adebayor "Manchester Yunayted" - "Chelsi" uchrashuvidan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi

"Yunayted" va "Chelsi" nafaqat texnik, balki, jismoniy tomondan ham kuchli. Rio Ferdinand va Nemanya Vidich... Rio maydondagi barcha futbolchilarni so'kardi. U haqiqiy jinni!

Vidich esa juda qattiq o'ynardi, hujumchilar uchun eng yoqimsiz futbolchi bo'lgandi. U hujumchilarni bir barmog'i bilan yopa olardi. U oyog'ingni sindirsa, keyin uzr so'rardi. Oyog'ingni tepsa ham uzr so'rardi. U senga baqirganda, tupuklari uchib ketardi (kuladi). Bu yigit raqibni o'ldirishga ham tayyor edi.

Ulardan mag'lubiyatni odilona qabul qilib olganmiz. Men gol urgan o'yinlarda biz 2:1 hisobida yutqazardik. Men o'z ishimni bajardim deb o'ylardim, ammo yo'q. Rio oldimga kelib: "Xursand bo'lishni istasang, 3ta gol ur", derdi. U Runi va Giggz bilan qanday tortishgani esimda. Bu narsa bizda umuman yo'q edi", - dedi Adebayor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fox