Abraxam Rim derbisi tarixidagi eng tezkor golni urdi

Оқил Абдубарноев
20 mar 2022, 22:48
A Seriyaning 30-turidan o'rin olgan "Roma" – "Lacio" uchrashuvining 1-daqiqasidayoq hujumchi Temmi Abraxam hisobni ochdi.

"Bo'rilar" yarim himoyachisi Lorenco Pellegrining burchakdan uzatmasini ingliz hujumchisi raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

Abraxam 56-sekundda gol urdi. Bungacha Italiya chempionati doirasidagi Rim derbisida hech kim undan tezroq gol ura olmagandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia