Abramov yana sensaciya ko'rsatadimi?

Iskandarov Abdulaziz
18 okt 2023
Mavsumning eng qizg'in pallasida yana e'tiborimiz ichki musobaqalarga qaratiladi.

Ertaga O'zbekiston kubogi finaliga yo'l oladigan ikki jamoani aniqlab olamiz. Qarshida "Nasaf" bu yil hali mag'lubiyatga uchramagan "Dinamo"ni qabul qilsa, Olmaliqda "Navbahor" mehmon bo'ladi. Garchi markaziy o'yin Qosimov va Babayan o'rtasida kechsada, Qarshidagi bahs ham o'zining jozibasini yo'qotmagan. Abramov yarim finalgacha "Paxtakor" va "Olimpik"ni musobaqadan chiqarib yubordi va qaysidir manoda kichik sensaciya qayd etdi. "Nasaf" hisobida bu mavsum bitta sovrin bor va endi "ajdarlar" navbatdagi kubok sari qadamni tashlashga harakat qiladi. 

"Dinamo" so'nggi bor qaysi jamoaga mag'lub bo'lgan? 

Bu yilgi mavsumda hali mag'lubiyatga uchramagan Vadim Abramov shogirdlariga "Nasaf" raqiblik qiladi. Qiziq ma'lumot shuki, "Dinamo" so'nggi bor 2022 yil Superligada Qarshida "Nasaf"ga mag'lub bo'lgan. Samarqandliklar bundan keyin 28ta o'yinda mag'lubiyatga uchragani yo'q. Kalavaning uchi aylanib yana Qarshiga kelmoqda. 

"Nasaf" bu mavsum hali raqibiga uch ochko sovg'a qilmagan "Neftchi"ni taslim qildi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari "Dinamo"ni mag'lub etsa, joriy yilda mag'lubiyatga uchramagan ikki jamoani mag'lub etgan ilk klub bo'lishadi. 

20 yildan so'ng O'zbekiston kubogida yana yo'llar kesishmoqda

Bu jamoalarning Superligadagi qarama-qarshiligiga ko'p guvoh bo'lganmiz. Yaqin yillarda kubok musobaqalarida ular o'zaro to'qnash kelgani yo'q. "Nasaf" - "Dinamo" shu paytgacha O'zbekiston kubogida 7 marotaba yo'llari kesishgan. 5ta uchrashuvda mezbonlarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 2ta o'yinda "Dinamo" muvaffaqiyatga erishgan. So'nggi bor jamoalar 2004 yil mazkur musobaqaning 1/16 finalida uchrashishgan. Yana bir ma'lumot, 2000 yilgi kubok yarim finalida "Dinamo" va "Nasaf" final yo'llanmasi uchun maydonga chiqqanini aytish mumkin. O'shanda samarqandliklar Qarshida 1:2 hisobida engilib, javob uchrashuvida 3:1 hisobida g'alaba qozongan. Finalda esa "Do'stlik"ka imkoniyatni boy bergan (1:4). Bu hozirgacha "Dinamo"ning O'zbekiston kubogidagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

Yarim finalgacha bosib o'tilgan yo'l 

"Ajdarlar" yarim finalgacha barcha o'yinlarda bitta to'p farqi bilan g'alaba qozondi. Raqiblar nisbatan pastroq darajadagi jamoalar bo'ldi. "Dinamo" Toshkentning 3ta jamoasini mag'lub etdi. "Paxtakor" va "Olimpik" Samarqanda musobaqadan chiqarib yuborildi. 

"Nasaf"

Guruh bosqichi

"Qo'qon-1912" - "Nasaf" 0:1

"Nasaf" - "Surxon" 1:0

"Mashal" - "Nasaf" 0:1

1/8 final

"Nasaf" - "Buxoro" 4:3

1/4 final

"Turon" - "Nasaf" 1:2

"Dinamo"

Guruh bosqichi

"Dinamo" - "Qizilqum" 1:0

"Zomin" - "Dinamo" 0:3

"Dinamo" - "Lokomotiv" 3:1

1/8 final

"Dinamo" -  "Paxtakor" 3:2

1/4 final 

"Dinamo" - "Olimpik" 4:3

So'nggi uchrashuv

"Nasaf" – "Dinamo" - 1:0

3 noyabr 2022 yil. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:30

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Aleksandr Burov, Oybek Kalaxo'jaev, Jahongir Noraliev

VAR hakami: Rustam Lutfullin

AVAR hakami: Temur Gaynullin

Nazoratchi: Temur Galeev

Komissar: Shohruh Said

Gol: Ivan Solovyov 4, - 1:0 (Sherzod Nasrullaev).

Golga aylanmagan penalti: Lima Kruz 64 (darvozabon).

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 9.Ivan Solovyov, 19.Mateus Lima, 22.Akmal Mozgovoy, 27.Zafarmurod Abdirahmatov, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 4.Husniddin Aliqulov, 6.Murod Rahmatov, 7.Sharof Muhitdinov, 14.Alen Masovich, 17.Suhrob Nurulloev, 18.Bahrom Abdurahimov, 23.Sardor Sadullaev

"Dinamo": 1.Farhod Rahmatov, 5.Mixaylo Yovanovich (s), 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.Shohruhbek Abdurahmonov, 10.Shohmalik Komilov (8.Azim Mirzaev, 23), 16.Bobur Mamadaminov, 19.Islom Sharipov, 22.Abdujamol Isroilov, 27.Marat Bikmaev, 70.Oybek Nurmatov, 78.Elguja Grigalashvili

Zaxira: 12.Miloe Prekovich, 4.Doston Foteev, 9.To'lqin Ergashev, 11.Sahob Rashidov, 18.Mehriddin Musurmonov, 21.Shohruh Mahmudhojiev, 77.Vohidjon Oqbo'taev, 88.Evgeniy Chumak.

Ogohlantirishlar: Zafarmurod Abdirahmatov 26,



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia