Abdumalik Hakimov: “Jamoamning o'yini ochilib ketishi uchun bizga g'alaba yetishmayapti”

Narzulla Saydullayev
20 apr 2015, 16:50
19 aprel ''Cementchi'' - ''Kosonsoy''ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandan so'ng ''Cementchi'' bosh murabbiyi Abdumalik Hakimovdan klub matbuot kotibi qisqacha intervyu oldi.
- Uchrashuv hususida nima deya olasiz...
- O'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam o'yin tashkil qilgan, o'yindi boshqargan, hujum uyushtirgan jamoa ham faqat biz bo'ldik lekin imkoniyatlardan foydalanish borasida futbolchilarimga aniqlik yetishmadi 1-bo'limning o'zida jamoamiz 5 yoki 6 marta raqib darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi. Ikkinchi bo'lim boshida hisobda oldinga chiqib olishimizga qaramay ikki qo'pol xatomiz evaziga gol o'tkazib yubordik va bu bizga qimmatga tushdi agar imkoniyatlarni barchsidan samarali foydalanganimizda hisob umuman boshqacha bo'lardi.

- 1-liganing 4-tur uchrashuvlari ham o'z nihoyasiga etdi. Hozirda sizning jamoangizda 4 uchrashuvda bor yo'g'i 2 ochko bu nima bilan bog'liq?  Balkim tarkibga jalb qilingan o'yinchilar orasida ishonchni oqlay olmagan o'yinchilar ham bo'ldi deb o'ylayotgandirsiz.
- Yo'q tarkibga qo'shib olingan o'yinchilarni barchasiga ishonaman bu yil biz 1-ligada yangidek biz 1-ligaga 7 yil deganda qaytdik  o'yinchilarni barchasi yangi ular bir birini tushunib o'ynashlari uchun biroz vaqt talab etiladi... Jamoamni o'yini ochilib ketishi uchun bizga g'alaba yetishmayapti.

- ''Cementchi'' muxlislari hususida nima deya olasiz?
- Men o'zim futbolchi bo'lib bir nechta jamoalarda o'ynagan bo'lsam ham lekin hozirgi muxlislarimizni barcha ishqibozlarimizdan  ustun qo'ygan bo'lardim. Kecha ''Kosonsoy''ga mag'lub bo'lgan bo'lsakda uchrashuv boshidan oxirigacha bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. Barcha bizni qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizga katta  rahmat aytib qolaman... “Oyning o'n beshi qorong'u bo'lsa, o'n beshi yorug'” xudo xohlasa yorug' kunlarga ham oz qoldi.
 

Islomjon Akbarov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia