Abbos Fayzullayev U-23 Osiyo Kubogida qatnashadi, faqat...

Sherzod Nurmatov
12 apr 2024, 15:11
SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev U-23 Osiyo Kubogi musobaqasida ishtirok etadigan bo'ldi.

Xabaringiz bor, Parij Olimpiadasi yo'llanmasini taqdim etadigan Osiyo Kubogi musobaqasi 15 aprel kuni start oladi va bu turnir FIFA kunlari doirasida o'tkazilmaydi. Shu bois klublar o'z futbolchilarini bunday musobaqalarga qo'yib yuborishni istamaydi, ammo O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillarining SSKA bilan muzokaralari ijobiy yakun topgan va Moskva klubi Abbos Fayzullayevga ruxsat byergan.

Ma'lumotlarga ko'ra, yarim himoyachi 26 aprel kuni Dohaga uchib boradi. Bu degani u tyerma jamoaga chorak finaldan boshlab ko'maklashadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya tyerma jamoasi 1-turni 17 aprel kuni Malayziyaga qarshi o'tkazadi. Shuningdek, 20 aprelda Kuvayt, 23 aprelda esa Vetnam bilan bahs yuritadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia