

Mukofotni esa futbolimiz afsonasi Mirjalol Qosimov topshirdi. Taqdirlashdan so'ng Abbos Fayzullayevning fikrlarini tingladik.

"O'zbek futboli afsonasidan bunday sovrinni qabul qilib olish katta sharaf. Chunki hamma ularning qanday futbolchi bo'lganliklarini yaxshi biladi. Shu onda ichimdan ajoyib hissiyotlar o'tdi. Bu sovrinni olganimdan keyin menda yanada ko'proq mas'uliyat paydo bo'ldi. Endilikda yanada ko'proq mehnat qilishim kerak. O'yinimni kuchaytirishim shart. Bu uzoq bir yo'lning boshlanishi, deb o'ylayman.
Birinchi bo'lib ota-onam va yaqinlarim tabriklashdi. Ularga va jamoadoshlarimga katta rahmat aytib qolaman", - deydi Abbos Fayzullayev
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi



