A Seriyaning eng qimmatlashgan futbolchilari

Sherzod Nurmatov
21 dek 2023, 10:57
Tranfsermarkt portali A Seriyaning narxi ko'tarilgan futbolchilari reytingini e'lon qildi.

Reyting peshqadami "Bolonya" hujumchisi Joshua Zirkzee va "Frozinone"da ijara asosida o'ynayotgan “Yuventus” vingeri Matias Sulening transfer qiymati 17 million evroga o'sgan. Kuchli uchlikni Markus Tyuram yakunlagan. "Inter" forvardi 15 million evroga qimmatlashib, 55 millionga baholanmoqda.

A Seriyaning eng qimmatlashgan 10 nafar futbolchisi:

1. Joshua Zirkzee (Bolonya, 30 (+17) mln evro);

2. Matias Sule (Frozinone, 25 (+17) mln);

3. Markus Tyuram (Inter, 55 (+15) mln);

4. Lautaro Martines (Inter, 110 (+10) mln);

5. Bremer (Yuventus, 50 (+10) mln);

6. Radu Dregushin (Djenoa, 20 (+10) mln);

7. Kenan Yildiz (Yuventus, 10 (+9) mln);

8. Rikkardo Kalafori (Bolonya, 13 (+8) mln);

9. Kristian Pulishich (Milan, 32 (+7) mln);

10. Ederson (Atalanta, 27 (+7) mln).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Transfermarkt