A Seriyaning besh klubi "Inter" o'yinchisi uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
10 yanv 2022, 14:47
A Seriyaning ko'plab klublari Milanning "Inter" jamoasi yarim himoyachisi Stefano Sensiga qiziqmoqda.

Gap "Fiorentina", "Sampdoriya", "Jenoa", "Sassuolo" va "Kalyari" klublari haqida ketmoqda. Barcha da'vogarlar Stefanoni ijaraga olishmoqchi.

Yarim himoyachi o'z navbatida klubidan ketmoqchi va A Seriyaning o'rtamiyona jamoalariga o'tmoqchi emas.

Sensi joriy mavsumda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. U A Seriya doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira