A Seriya. "Napoli" va "Inter"da g'alaba

Alisher Ostonov
1 mar 2026
Italiya A Seriyasi 27-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

"Napoli" mehmonda Rasmus Xoylund va Romelu Lukakuning gollari evaziga "Verona"ni mag'lub etdi, belgiyalik hujumchi zaxiradan o'yinga tushib, 90+6 daqiqada g'alaba golini urdi. "Inter" Federiko Dimarko va Xakan Chalxanogluning gollari tufayli o'z uyida "Jenoa"ni taslim etdi.

"Inter" 27 o'yindan so'ng 67 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. Undan keyingi o'rinlarni "Milan" (26 ta o'yin, 54 ochko), "Napoli" (27 ta o'yin, 53 ochko) va "Roma" (26 ta o'yin, 50 ochko) band etib turibdi.







Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia