60 mln. evroga sotib olingan Niko 22 daqiqada almashtirildi

Aslanov Jasurbek
8 fev 2025, 18:26
Niko Gonsales "Manchester Siti"dagi debyut uchrashuvida jarohat oldi.

"Manchester Siti" "Leyton Orient"ga qarshi Angliya Kubogi 4 raund uchrashuvining 16 daqiqasida gol o'tkazib yubordi. Ushbu voqea Gonsales markazda to'p oldirib qo'yganidan so'ng sodir bo'ldi.

20 daqiqada ispaniyalik maydonga o'tirib oldi. Futbolchi gol bo'lgan vaziyatda jarohatlangan bo'lishi mumkin: Uning ustiga Sonni Perkins yiqilgan edi.

22 daqiqada uning o'rniga Bernardu Silva maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, "shaharliklar" Niko Gonsalesni qishki transfer oynasida 60 mln. evroga sotib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia