53 yoshli Miura - Yaponiya chempionatida o'ynagan eng yoshi katta o'yinchi bo'ldi

Alisher
24 sen 2020, 13:11
"Yokogama" yarim himoyachisi Kadzuyosi Miura Yaponiya chempionati doirasidagi "Kavasaki Frontale" (2:3)ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 56-daqiqada almashtirildi.

Futbolchining yoshi bu paytga kelib 53 yosh 6 oy 28 kunni tashkil etdi.

Bundan oldingi rekord Masasi Nakayamega tegishli edi. U 2012 yilda 45 yosh 2 oy 1 kun payti "Konsadole Sapporo" jamoasi safida maydonga tushgan.

Eslatib o'tamiz, Miura so'nggi 13 yildan beri "Yokogama" sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: japantimes.co.jp