"Bu klub mening uyim edi. Kelajakda ham shunday bo'lib qoladi". Sergeev "Paxtakor" bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2026
"Paxtakor"dan Eronning "Persepolis" jamoasiga o'tayotgan Igor Sergeev "sherlar" manzili tomon xayrlashuv maktubini yozdi.

"Men bolaligimdan shu jamoada o'ynaganman.

Bu klub mening uyim edi, hozir ham shunday va kelajakda ham shunday bo'lib qoladi.

Jamoa va muxlislarga rahmat - bu futboldan ham ortiq edi", – deyiladi maktubda.

Avvalroq Eron OAV Sergeev "Persepolis" bilan dastlabki shartnomani imzolaganini ma'lum qilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/sergeev_i.e.d.a