39 yoshli Krishtianu Ronaldu Saudiyada yana bir rekordni yangiladi

Khoja
18 may 2024, 09:48
Kecha Krishtianu Ronaldu Al Hilolga qarshi uchrashuvda golli uzatmani amalga oshirdi.

 Shu tariqa, portugaliyalik hujumchi joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida gol+pas tizimida 44-ochkosini o'z hisobiga yozib qo'ydi va Hamdallahga tegishli bo'lgan rekordni yangiladi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum Ronaldu barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 42 ta gol va 12 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com