"Istanbul Bashakshehir" Fayzullaev uchun SSKAga pul o'tkazolmayapti

Sherzod Nurmatov
14 avg 2025, 17:15
Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi matbuot xizmati yarim himoyachi Abbos Fayzullaevning transferi uchun SSKAga haligacha pul o'tkazilmagani haqida xabar berdi.

Moliyaviy jihatdan muammomiz yo'q, lekin pul o'tkazishda muammo bor.

Insayderlarga ko'ra, kelishuv taxminan 7,5 million evroni tashkil qiladi. Istanbul jamoasi "armiyachilar"ga pul to'lab, ulardan transfer guvohnomasini olmagunicha, futbolchidan o'yinlarda foydalana olmaydi. Avvalroq Abbos Fayzullaev nega yangi jamoasida maydonga tushmayotgani haqidagi bu ma'lumotni tadqim etgan edik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Матч ТВ