Eshitdik-da! Eron klubi Rustam Ashurmatovni sotib oldi

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2025, 12:08
O'zbekiston terma jamoasi va "Rubin" himoyachisi Rustam Ashurmatov faoliyatini Eronda davom ettiradi.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli himoyachi Jaloliddin Masharipov to'p tepayotgan "Istiqlol" safiga qo'shiladi.

"Istiqlol" Ashurmatov uchun qozonliklarga 450 ming evro to'laydi.

Ashurmatov o'tgan mavsum "Rubin" libosida 21 o'yinda maydonga tushib, 3 bor ogohlantirilgan edi. Transfermarkt portali uni 600 ming evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia