

Biroz oldin "Nasaf" tarkibida faoliyat yuritgan yarim himoyachi Islom Kenjaboev jamoani tark etgani haqida xabar chiqdi. Jarohatdan so'ng safga qaytgan futbolchiga boshqa klublardan qiziqishlar borligi allaqachon ma'lum edi. Hozircha rasman tasdiqlanmagan bo'lsa-da, manbalarning xabar berishicha, Kenjaboev ikkinchi davrada Toshkentning "Bunyodkor" jamoasiga o'tishi mumkin.
Ayni paytda futbolchi va poytaxt klubi o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yetib kelgan va kelishuvga erishilishi kutilayapti.
Eslatib o'tamiz, Islom Kenjaboev joriy mavsumda Superligada 3 ta, O'zbekiston Kubogida esa 2 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Taniqli Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 300 ming evroga baholagan.



