So'g'diyona BAAdagi yig'ini davomida yana bir Rossiya jamoasiga qarshi bahs olib boradi

Khoja
29 dek 2024, 08:55
Xabaringiz bor, So'g'diyona yangi mavsum oldidan yanvar oyida BAAda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi.

Yig'in davomida jizzaxliklarning navbatdagi raqibi ma'lum bo'ldi. Jamoa Rossiyaning Rostov klubiga qarshi 24 yanvar kuni nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

Avvalroq, Jizzax jamoasi ushbu yig'in davomida Lokomotiv va Krasnodar kabi klublarga qarshi bahs olib borishi ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com