"Bu hazil emas". 48 yoshli Franchesko Totti yana futbol o'ynamoqchi

Narzulla Saydullayev
28 okt 2024, 12:30
"Roma" afsonasi Franchesko Totti futbolchilik faoliyatini qayta tiklash niyatida ekanini ma'lum qildi.

 Siz erkin agentsiz va istalgan paytda futbolga qaytishingiz mumkin.
– Ha, ammo menga mashg'ulot uchun kamida 2 oy vaqt kerak.

 Yani futbolga qaytish niyatingiz bu hazil emas?
– Yo'q, hazil emas. Men jiddiy aytdim, uyog'ini ko'ramiz.

 Qaysidir klubga o'tishni reja qildingizmi?
– Bir-ikki klub menga aloqaga chiqdi. Miyam nima deyishini ko'ramiz, eng avvalo mening tanam qanday reakciya qilarkin.

– Miyangiz nima deyishini taxminan bilamiz...
– To'g'ri miyam javobni biladi, barcha gap tanamda qoldi. Keyingi yil nima bo'lishini kim biladi? – dedi 48 yoshli "Roma" sobiq sardori. 


Eclatib o'tamiz, Totti 2017 yil yozida futbolchilik faoliyatin yakunlagan edi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sportmediaset.mediaset.it