Keza "Yuventus" qaydnomasiga kiritilmadi

Aslanov Jasurbek
3 avg 2024, 14:11
Federiko Keza "Yuventus" uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

26 yoshli yarim himoyachi "Brest"ga qarshi kechadigan o'rtoqlik o'yini uchun Turin klubi qaydnomasiga kiritilmadi.

Federiko Keza tez orada jamoasini almashtirishi mumkin, unga APLning ikki klubi ("Tottenxem" va "Chelsi") qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq, "shporlar" Keza uchun 30-35 mln. evro sarflashga tayyorligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/juventusfc