Abbosbek Fayzullaev Vilyarrealga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Khoja
5 iyul 2024
SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev Vilyarreal o'tishi haqidagi savolga javob berdi.

Men SSKA o'yinchisiman, meni shartnomam bor. "Vilyarreal" haqidagi gaplarni esa faqatgina internetda o'qidim, – deb javob berdi Abbos.

Eslatib o'tamiz, Fayzullaev o'tgan yilning yozida SSKA safiga ko'chib o'tgandi. Hamyurtimiz o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U shu vaqt oralig'ida 5 ta gol urdi va 14 ta golga assistentlik qildi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com