"Fenerbaxche" Turkiya chempionatidan chiqib ketishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
19 mar 2024, 19:08
Turkiyada kutilmagan voqea yuz berishi mumkin.

Safarda "Trabzonspor" ustidan qozonilgan g'alabadan (3:2) keyin mezbon jamoa muxlislari maydonga tushib ketishdi va g'alabani maydon markazida nishonlayotgan mehmon futbolchilarga tashlanishdi. Klub futbolchilari va xodimlari qo'riqchi va policiyachilar yordamida tribuna ostiga kirib ketishdi. Ma'lum bo'lishicha, 12 nafar qoida buzar hibsga olingan.

"Fenerbaxche" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 2 aprel kuni direktorlar kengashining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'ladi va unda yuz bergan vaziyat bo'yicha qaror qabul qilinadi, jumladan, kluba turk Superligasidan chiqishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/Fenerbahce