"Manchester Siti" Kroosga yiliga 15 million evro berishga tayyor

Nozimov Nig'monxo'ja
6 dek 2023, 08:41
"Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kross yozda Madrid jamoasini tark etishi mumkin.

 Nemis futbolchisiga "Manchester Siti"dan jiddiy qiziqish bo'lmoqda. "Shaharliklar" ustozi Gvardiola Kross bilan yana ishlashga tayyor ekanligini ma'lum qilgan. Ma'lumotlarga qaraganda, yozda erkin agentga aylanadigan futbolchiga "Man Siti" yiliga 15 million evro maosh berishga tayyor. 

Ma'lumot uchun, Kroos joriy mavsum barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com