Kepa "Real" va "Chelsi" o'rtasida tanlov qildi

Sherzod Nurmatov
12 okt 2023
Ispaniyalik bir qarorga keldi.

Madridning "Real" klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga "qirollik klubi"da doimiy ravishda qolish istagi borligini ma'lum qildi.

"Albatta, "Real"da qolishni istardim. Kim bu klubda qolishni istamaydi? Men bu yerda juda va juda baxtliman", – dedi futbolchi.

Kepa o'tgan yozda ijara asosida "Chelsi"dan "Real"ga o'tgandi. 29 yoshli posbon ushbu mavsum barcha turnirlarda 9 ta o'yin o'tkazib, 5 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano