"So'g'diyona" chernogoriyalik murabbiy bilan shartnoma muddatini uzaytirdi

Оқил Абдубарноев
17 avg 2023, 21:12
Joriy mavsumning 5-turida "So'g'diyona" safiga kelib qo'shilgan Ivan Boshkovich klub bilan 2026 yil so'ngiga qadar yangi shartnoma imzoladi.

Chernogoriyalik mutaxassis qo'l ostidagi jamoa joriy mavsum 12 uchrashuvda maydonga tushib, 5 g'alaba, 3 durang va 4 mag'lubiyatni qayd etdi. 

Jizzaxliklar Superligadagi navbatdagi uchrashuvini 26 avgust kuni "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia