O'zbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo Kubogida ishtirok etadigan tarkibi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2023
17 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi 15 iyundan 2 iyulgacha Tailandda bo'ladigan Osiyo Kubogida ishtirok etadi.

O'zbekiston futbol associaciyasi matbuot xizmati ushbu turnirga yo'l oladigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.


Darvozabonlar

Asilbek No'monov ("Nasaf"), Muhammadyusuf Sobirov ("Bunyodkor"), Diyor To'laboev ("Paxtakor").


Himoyachilar

Behruz Jumatov ("Odil Junior"), Muhammad Bobur Karimov ("Paxtakor"), Dilshod Abdullaev ("Paxtakor"), Sherzod Abdulboriev ("Navbahor"), Behruz Shukurullaev ("Odil Junior"), Mamadalixon Olimov ("Navbahor"), Asror Otaxonov ("Metallurg"), Ozod O'ktamov ("Navbahor").


Yarim himoyachilar

Muhammadali Reimov ("Toshkent FA"), Abdulhamid Ikromov ("Bunyodkor"), Ollobergan Karimov ("Bunyodkor"), Azizbek To'lqinbekov ("Bunyodkor"), Oybek O'rmonjonov ("Odil Junior"), Lazizbek Mirzaev ("Lokomotiv").


Hujumchilar

Quvonch Abraev ("Lokomotiv"), Amirbek Saidov ("Bunyodkor"), Shodiyor Shodiboev ("Navbahor"), Abdulhamid Turg'unboev ("Andijon SGS"), Nikolas Akopov ("Lokomotiv"), Aminbek Yoqubov ("Lokomotiv").


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Tailandda o'tadigan Osiyo Kubogida "D" guruhidan joy olgan. Ularning turnirdagi dastlabki o'yini 17 iyun kuni Yaponiyaga qarshi bo'lib o'tadi. Kuchli to'rtlikka kirgan jamoalar JCHda ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia