Anchelotti: "Madridga shubhalar bilan qaytyapmiz. Biz mag'lubiyatga mos emasdik"

Omonjon To`xtamirzayev
20 mar 2023, 10:50
Chempionat doirasidagi "Klasiko"dan keyin Karlo Anchelotti "qaymoqranglilar"ning bekor qilingan goli haqida gapirib o'tdi.

81-daqiqada hisob 1:1 bo'lib turgan bir pallada, yarim himoyachi Marko Asensio urgan gol takroriy lavhalardan keyin "VAR" maslahati bilan, o'yindan tashqari holat tufayli, bekor qilingandi.

"Biz hali ham ofsaydga shubha bilan qarayapmiz. Bu holatda 100% ishonch bilan fikr bildira olmaysiz. Madridga shubhalar bilan qaytyapmiz.

To'g'risini aytsam, biz mag'lubiyatga mos o'yin ko'rsatmadik. JCH-2022 misol uchun ofsaydlar yaqqol edi, lekin bu yerda shubhaga o'rin bor.

JCH-2022dan keyingi yanvar bizga qimmatga tushdi, ammo hozir hammasi joyida. O'ylashimcha, "Real" mavsumni chiroyli yakunlay oladi.

O'yinlarga puxta tayyorgarlik ko'rish – bu biz uchun ustuvor vazifa. Faqatgina shu yo'l bilan mavsumni ijobiy ruhda yakunlab qo'yishimiz mumkin. Bu uchrashuvni boshimizni mag'rur ko'tarib yakunladik", – dedi "Real" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia