

Germaniyalik yarim himoyachi Toni Kroos Instagram sahifasi orqali terma jamoaga qaytib, o'z mamlakati yashil maydonlarida o'tkaziladigan Yevropa chempionatida ishtirok etishini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid"ning 34 yoshli futbolchisi uch yil ilgari Evro-2020'dagi omadsiz ishtirokdan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlagandi. O'shanda nemislar 1/8 finaldayoq musobaqa bilan xayrlashgan edi.



