Fransiya terma jamoasi o'yinchilari finaldan so'ng qancha pul ishlab oldi?

Sherzod Nurmatov
21 dek 2022, 19:27
Fransiya termasining mundialdagi ishtiroki uchun beriladigan moliyaviy rag'batlantirish miqdori oshkor bo'ldi. Fransiyaning "RMC Sport" nashri bunga aniqlik kiritdi.

Fransiyaliklar Jahon chempionati finalidagi ishtirok uchun tashkilotchilar tomonidan 29 million evro bilan taqdirlandi. Agar Fransiya terma jamoasi chempion bo'lganida, 41 million evro ishlab olardi.

Fransiya futbol federatsiyasi moliyaviy rag'batlantirishning 30 foiz miqdorini futbolchilar, murrabiylar va boshqa xodimlarga ajratib bergan. Hisob-kitoblarga ko'ra, terma jamoaning har bir a'zosi 288 ming evroga ega bo'lgan. Qolgan 70 foiz yutuq pullari federatsiya g'aznasida qolgan.

Fransiya futbol federatsiyasining ma'lum qilishicha, qolgan pullar Fransiyada havaskorlar futbolini rivojlantirishga yo'naltiriladi.

Eslatib o'tamiz, final uchrashuvida Fransiya terma jamoasi Argentinaga qarshi bahs olib bordi va o'yindan keyingi penaltilar seriyasida (4:3 hisobida) mag'lubiyatga uchradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport