OFK kubogi-2022. Ulug'bek Baqoev: "Ertaga bizni faqat g'alaba qoniqtiradi"

Alisher
23 iyun 2022
Ertaga OFK Kubogi "E" guruh 1-tur doirasidagi "So'g'diyona" (O'zbekiston) - "Neftchi" (Qirg'iziston) o'yini bo'lib o'tadi.

O'yindan oldingi matbuot anjumanida jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev va sardori Jasur Hasanov ishtirok etdi. O'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. 

Guruhdan "So'g'diyona" va "Neftchi"dan tashqari Tojikistonning SSKA va Turkmanistonning "Oltin Asr" jamoalari o'rin egallagan.


Ulug'bek Baqoev: "Biz OFK Kubogida debyutantmiz, guruhda g'olib chiqishga va musobaqaning kelasi bosqichiga yo'l olishga harakat qilamiz. Guruhimiz juda ham qiziq – bizdan tashqari yana ikkita debyutant bor – SSKA va "Neftchi" ham guruh bosqichida ilk bor ishtirok etishadi. Hozirda O'zbekiston Superligasida peshqadamlik qilmoqdamiz va jamoa musobaqaga yaxshi tayyorlangan. Raqiblarga past baho bermaymiz, har bir o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. "Neftchi"ni yaxshi o'rgandik. Ertaga bizni faqat g'alaba qoniqtiradi".

Jasur Hasanov: "Tojikistonga yaxshi kutib olishgani uchun rahmat. OFK Kubogiga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Oson o'yinlar bo'lmasligiga ishonchim komil. Bizni guruhning asosiy favoriti deb hisoblashayotganini bilamiz va keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz".


Matbuot anjumanini taqdim etgan Faridun Salievga minnatdorchilik bildiramiz.




AlisherMuallif
Manba: championat.asia