Evro-2020. Belgiya yulduzli Portugaliyani engdi va chorak finalda Italiya bilan to'qnash keladigan bo'ldi

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyun 2021, 02:00
Yevropa chempionatining 1/8 finalidan o'rin olgan Belgiya - Portugaliya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Belgiya – Portugaliya 1:0

La Kartuxa

Gol: 1:0 – 42 Azar.

Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Vermalen, Mene, Azar, Tilemans, Azar (Karrasko, 87), Vicel, de Bryuyne (Mertens, 48), Lukaku.

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Diogu Dalot, Ruben Diash, Gerreyru, Palinya (Danilu Pereyra, 78), Moutinyu (Joau Feliks, 56), Bernardu Silva (Brunu Fernandesh, 56), Sanshesh (Serjiu Oliveyra, 78), Diogu Jota (Andre Silva, 70), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Palinya (45), Diogu Dalot (51), Vermalen (72), Pepe (77), Alderveyreld (81).

Translyatsiya ayrim sabablarga ko'ra nihoyasiga yetmadi. Bu uchun o'quvchilardan uzr so'raymiz. 

27-daqiqa. Palinyaning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni yonrog'idan o'tib ketdi.

22-daqiqa. Tomas Vermalen o'yin qoidasini buzdi deb topildi.  

15-daqiqa. Har ikki terma himoyachilari ishonchliroq o'yin ko'rsatmoqda.

12-daqiqa. Endi Belgiya futbolchilari to'p bilan ko'proq muomalada bo'lmoqda. 

9-daqiqa. Eden Azar zarb bilan to'pni raqib darvozasi tomon yo'lladi.  

5-daqiqa. Renatu Sansheshning faolligidan so'ng Jotada imkoniyat yuzaga keldi, ammo yarim himoyachining zarbasiga aniqlik yetishmadi. 

4-daqiqa. Hozircha Portugaliya to'pni o'z nazorati ushlab turishga va raqibni tinchlantirishga urinayapti.

1-daqiqa. O'yin boshlandi! 

Balgiya tarafdorlari ham qolishmaslikka harakat qilishdi. 

Portugaliyaliklar to'lib-toshib madhiya kuylashmoqda. 

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari tayyor va tribunaosti yo'lakchasida jam bo'lishgan.

Jamoalarning asosiy tarkiblari ma'lum bo'lib ulgurgan. 

Belgiya: Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Vermalen, Myone, Vitsel, Tilemans, De Bryoyne, T. Azar, E. Azar, Lukaku.

Portugaliya: Patrisiu, Dalot, Pepe, Diash, Gerreyru, Moutinyu, Sanshesh, B. Silva, Palinya, Jota, Ronaldu.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia