27 oktyabr kuni "Surxon" O'zbekiston chempionatidagi yubiley uchrashuvini o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
25 okt 2023, 13:50
Superliga 23-turi doirasida Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi o'tkaziladigan navbatdagi uchrashuv "Surxon" uchun O'zbekiston Oliy ligasi tarixidagi 500-uchrashuvi bo'ladi.

"Tez kunda klub rasmiy saytida "Surxon" ramziy Shon-shuhrat zali ochilishi munosabati bilan maqola chiqadi. Unda Shon-shuhrat zaliga klubning eng yorqin afsonalarimiz kiritiladi", – deyiladi termizliklar matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o'tamiz, "Surxon" – "Navbahor" bellashuvi 27 oktyabr kuni "Paxtakor" stadionida 18:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати