"Arsenal"ning germaniyalik o'yinchisi shu yozda jamoadan ketadi

Alisher
23 avg 2019, 12:10
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa himoyachisi Shkodran Mustafiga ishonch bildirmayotganligini aytib o'tdi.

Mutaxassis o'yinchi transferlar oynasi so'nggiga qadar jamoadan ketishini aytib o'tdi.

27 yoshli Mustafi "to'pchilar" safiga 2016 yilda "Valensiya" klubidan kelib qo'shilgan. "Everton" tarbiyalanuvchisi faoliyatini 2012 yilda Italiyaning "Sampdoriya" klubida boshlagan.

Shkodran 2014 yildan beri Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Mustafi yakunlangan mavsum Angliya premer-ligasida 31ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. 



AlisherMuallif
Manba: Daily Mail