Mirjalol Qosimov: "Rahbariyatdan iste'fo so'rayman"

Narzulla Saydullayev
26 may 2019, 21:39
"Paxtakor" - AGMK (4:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Nechanchi o'yindirki birinchi bo'limda o'yinimiz chiqmayapti. Tarkibda o'zgarishlar qilayapmiz. O'yinning dastlabki 15 daqiqasi ichida juda ko'p gol o'tkazayapmiz. Jamoaning ishlari yaxshi ketmayapti. Shu bois rahbariyatdan iste'fo so'rayman. Ular nimani hal qilishadi ko'ramiz", - deydi Mirjalol Qosimov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia