

2027 yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi finali Madriddagi "Metropolitano" stadionida o'tkaziladi. Bu haqda Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Lusan ma'lum qildi. "Atletiko" stadioni 70460 muxlisga mo'ljallangan.
Avvalroq, UEFA San-Sirodan 2027 yilgi finalni olib qo'ygandi. Bunga ehtimoliy ta'mirlar ishlari sabab bo'lgan.



