

Kataloniyaliklarning boshlang'ich tarkibida 16 yilda ilk marta klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi maydonga tushmadi. Jerar Pike, Serxio Buskets va Andres Inesta o'yinni o'tkazib yuborgan bo'lsa, Lionel Messi va Serxi Roberto 60-daqiqada maydonga tushdi. “Barsa”ning boshlang'ich tarkibida yarim himoyachi Denis Suares maydonga tushdi, biroq u "Barselona B"da o'ynagan, ammo undan avval “Selta” va “Manchester Siti” tizimida faoliyat olib borgan.
Jamoa “Selta”ga qarshi quyidagi tarkibda harakat qildi:
“Barselona”: ter Shtegen, Nelson Semedu, Mina, Vermalen, Din, Andre Gomesh (Serdji Roberto, 60), Paulino, Dembele (Aleish Vidal, 78), Denis Suares, Koutino (Messi, 60), Pako Alkaser.



