15-tur bir daqiqalik sukut bilan boshlanadimi?

Narzulla Saydullayev
10 avg 2013
Bugun O'zbekiston oliy ligasida 15-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Ko'pchilikka 11 avgust qanday kun ekani ma'lum. "Paxtakor-79" aviahalokatini barcha eshitgan. Erataga ushbu mashum voqeaga 34 yil to'ladi.

Kecha bo'lib o'tgan yoshlar ligasi o'yinlarida jamoalar uchrashuvlarni bir daqiqalik sukut bilan boshlashmadi... Balki bugun bo'lib o'tadigan asosiy tarkib jamoalar ishtirokidagi o'yinlardan oldin ushbu vaziyat ro'y berar? Ko'ramiz. 

Ma'lumot uchun, 2009 yil 12 avgust kuni Rossiya terma jamoasi Argentina terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazganida uchrashuv "Paxtakor-79" xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlangandi.  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia