Bugun U-17 Osiyo Kubogiga qur'a tashlanadi

Iskandarov Abdulaziz
12 fev 2026
O'smirlarimiz guruh bosqichidagi raqiblarini bilib oladi.

Bugun 2026 yilgi U-17 Osiyo Kubogiga qur'a tashlanadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00da Kuala-Lumpur shahrida start oladi. Qur'ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi amaldagi chempion sifatida 1-savatchadan o'rin olgan.

1-savatcha

Saudiya Arabistoni

Yaponiya

Janubiy Koreya

O'zbekiston

2-savatcha

Tojikiston

Avstraliya

Yaman

Indoneziya

3-savatcha

Tailand

Xitoy

Vetnam

Hindiston

4-savatcha

KXDR

BAA

Qatar

Myanma

Ma'lumot uchun, bu yosh toifasidagi qita musobaqasi 7-24 may kunlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати