Evro-2020. Uels va Shveytsariya murosa ko'chasini tanladi

Aziz Tukhtamuradov
12 iyun 2021, 19:55
Evro-2020 doirasida Uels hamda Shveytsariya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Uels - Shveytsariya 1:1 

Gollar: 0:1 – 49 Embolo, 1:1 – 74 Mur.

12 iyun 2021 yil. Boku. "Olimpiya" stadioni. 18:00

Bosh hakam: Kleman Tyurpen (Fransiya)

Qanot hakamlari: Nikolya Dano va Siril Grengor (ikkisi Fransiya)

Zaxira hakami: Srjan Yovanovich (Serbiya)

VAR hakami: Fransua Letese (Fransiya)

VAR hakami yordamchilari: Jerom Brisar va Benjamen Pajes (ikkisi Fransiya), Pavel Gil (Polsha). 

Uels – Uord, Roberts, Rodon, Devis, Mifem, Morrell, Remzi (Ampadu, 90), Beyl, Allen, Jeyms (Bruks, 75), Mur.

Shveytsariya – Zommer, Rodriges, Sher, Elvedi, Mbabu, Jaka, Froyler, Shakiri (Zakariya, 66), Akandji, Seferovich (Gavranovich, 84), Embolo.

Ogohlantirishlar: Sher (30), Mur (47), Mbabu (63).


Ushbu sahifa orqali o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

- - - - - - - - - 

O'yin yakunlandi! Uels va Shveytsariya terma jamoalari Evro-2020 musobaqasidagi dastlabki o'yinda bir ochkodan ishlab olishdi.

90+6. UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. Remzi o'rniga Ampadu o'yinni tugatib qo'yadi. 

90. Ikkinchi bo'limga besh daqiqa vaqt qo'shib berildi. 

85. GOOOL! Shveytsariyaliklar futbolchisi Gavranovich raqib darvozasini ishg'ol qilgandi. Ammo u o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.

84. Seferovich o'rniga Gavranovich maydonga tushdi. 

80. Tashabbus nisbatan uelsliklar tomonga o'tgan.

75. Uels safida Jeyms o'rniga Bruks maydonga tushdi. 

74. GOOOL! MUR! Morrelning oshirib bergan zarbasidan so'ng boshini boylab olgan Mur boshi bilan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi - 1:1!

70. Uels oldinga o'tmoqda. 

66. Shakiri o'rniga Zakariya maydonga tushdi. 

63. Mbabu sariq kartochka ishlab oldi. 

59. Embolo kurashda jarohat oldi. 

49. GOOOL! Hisob ochildi! Shakirining etkazib bergan to'pini Embolo boshi bilan raqib darvozasiga yo'lladi va hisobni ochdi!

48. Embolooo! Uning kuchli zarbasini Uord qaytardi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!


45+2. Murga ogohlantirish.

45. Seferovichdan xavfli zarba! Biroz noaniq!

31. Garet Beylning jarimadan etkazib bergan zarbasi samarasiz yakunlandi. 

30. Sher sariq kartochka ishlab oldi.

27. Zarbaaa! Seferovichning chap oyoqda bergan zarbasi biroz noaniq! Bu shveytsariyaliklar tomonidan berilgan dastlabki xavfli zarba edi.


Bugungi o'yinning yana bir yulduzi - Jyerdan Shakiri! U Shveytsariya safida yetakchi bo'lishi kutilmoqda.


23. Ma'lumot uchun, Bokudagi "Olimpiya" stadioni 70 ming tomoshabinga mo'ljallangan. Karantin sabab ushbu stadionning faqat 50 foizi tomoshabinlar bilan to'lishi mumkin. Ammo shunday bo'lsada, stadionda odam juda kam. Uchrashuvga qiziqish juda past. 

18. Mur to'qnashuvda jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

15. Zarbaaa! Murning boshi bilan bergan zarbasini shveytsariyaliklar posboni Zommer ajoyib tarzda bartaraf etdi! Seyv!


Muxlislar bugun aynan mana shu futbolchidan yorqin o'yin kutishmoqda - Garet Beyl!


3. Uels futbolchilari o'ng qanotdan oldinga kirishdi. Hujum bartaraf etildi. 

1. O'yin boshlandi! Bahsni Shveytsariya terma jamoasi boshlab berdi.


Stadion deyarli bo'm-bo'sh.


Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. Madhiyalar yangramoqda. 


Terma jamoalar maydonga chiqib kelishga tayyorlanishmoqda. 


Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Evro-2020 doirasida Uels hamda Shveytsariya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlanmoqda. Ushbu sahifa orqali o'yindan matnli translyatsiyani kuzatishingiz mumkin. 



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia