Mareska "Bavariya" bilan o'yindagi hakamlikni tanqid qildi

Iskandarov Abdulaziz
18 sen 2025
Londonning "Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Enco Mareska Myunxenda "Bavariya"ga qarshi o'tgan Chempionlar Ligasi 1-tur bahsidagi hakamlikdan norozilik bildirdi.

Uchrashuv 1:3 hisobida myunxenliklar foydasiga yakunlandi. Bosh hakam - ispaniyalik Xose Sanches Martines edi.

"Jonatan Taga qizil kartochka ko'rsatilishi kerak edi. Men har doim aytaman: agar futbolchi to'p uchun kurashmay, balki raqibga qasddan zarba bersa, bu - maydondan chetlatish uchun asos. Hakam nega qizil ko'rsatmadi? Uning aytishicha, bu fol etarlicha qattiq va tajovuzkor ko'rinmagan. Hakam fikricha, qizil uchun ko'zga ko'rinadigan ta’sir - qon yoki shunga o'xshash holat bo'lishi kerak. Ammo bunda qasd bo'lgani uchun - men uchun bu aniq qizil", - deya Mareskaning so'zlarini keltiradi BBC.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: BBC