O'FA "Olimpik" klubidagi maoshlar muammosi bo'yicha bayonot berdi

Aslanov Jasurbek
25 fev 2026
Ijtimoiy tarmoqlarda "Olimpik" jamoasi futbolchilari va murabbiylarining oylik maoshlari berilmayotgani haqidagi videomurojaati keng muhokamalarga sabab bo'ldi.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston futbol associaciyasi o'z munosabatini bildirdi.

O'FA vaziyatni nazoratga oldi

Tashkilot "Olimpik" klubi a'zolarining maosh bilan bog'liq videomurojaatini diqqat bilan o'rganib chiqayotganini ma'lum qildi. Qayd etilishicha, O'zbekiston futbol associaciyasi futbolchilar va murabbiylarning huquqlarini doimo qo'llab-quvvatlaydi.

Keyingi qadamlar qanday?

Klub a'zolarining qonuniy talablari belgilangan tartibda va adolatli ko'rib chiqiladi. Jarayonning borishi va uning yakuniy natijalari yuzasidan tez kunlarda jamoatchilikka qo'shimcha ma'lumot taqdim etilishi takidlandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz