"Barselona"dan keskin chora: Abonementlar bo'yicha yangi taqiqlar kuchga kirdi!

Aslanov Jasurbek
25 mar 2026
"Barselona" klubi xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida abonement va chiptalardan foydalanish bo'yicha yangi qoidalarni joriy etdi.

Bu o'zgarishlar YCHL 1/4 finali doirasidagi "Atletiko"ga qarshi ilk o'yindan boshlab amal qiladi.

"Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, endilikda o'yin boshlanishiga 24 soat qolganda abonementlarni boshqa shaxsga o'tkazish tizimi bloklanadi. Shuningdek, chipta sotib oluvchilar o'yinga bir sutka qolguniga qadar o'zlarining shaxsiy ma'lumotlarini tizimga kiritishlari shart.

Bundan tashqari, stadionga kelishni tasdiqlash muddatlari ham o'zgardi - endi buni o'yinga 96 soatdan 48 soat qolgunga qadar amalga oshirish lozim. Agar muxlis belgilangan vaqt ichida tasdiqdan o'tmasa, klub unga joy kafolatlanmasligini ma'lum qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo