"Andijon"da o'zgarishlar - Osiyo chempioni ketdi, yarim himoyachi ijaraga berildi

Aslanov Jasurbek
24 fev 2026
"Andijon" jamoasi qishki selekciya jarayonidagi bazi rejalarini o'zgartirishga qaror qildi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoa tarkibida bir qator kutilmagan transfer qarorlari qabul qilingan.

Osiyo chempioni bilan shartnoma bekor qilindi

O'zbekiston U-17 terma jamoasi safida qita birinchiligida zafar quchgan hujumchi Asilbek Aliev "burgutlar" safida harakat qilmaydigan bo'ldi. Bunga uning o'rniga jamoadoshi Sayfiddin Sodiqovning jalb qilingani sabab bo'lgan. Natijada, Aliev va klub o'rtasidagi shartnoma o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilindi.

Abbos Abdug'afforov legionerga aylandi

Shuningdek, "Andijon"ning 21 yoshli yarim himoyachisi Abbos Abdug'afforov faoliyatini qo'shni respublikada davom ettiradigan bo'ldi. Yosh futbolchi o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida Qirg'iziston chempionati ishtirokchisi bo'lmish "Alay" jamoasiga ijaraga berildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати