So’nggi yangiliklar

10:42U-23 Осиё кубоги. Қатар - Австралия учрашувини ўзбекистонлик ҳакам бошқаради  0 10:38Ёзда «Барселона»ни тарк этадиган Хави Европанинг номдор жамоасига бош мураббий бўлиш учун асосий даъвогар  1 10:35Кувайт U-23 бош мураббийи: "Футболда барча ғалаба қозонишни хоҳлайди, лекин биз етарли тажрибага эга эмасмиз"  1 10:11Ўзбекистон U-23 — Кувайт U-23 ўртасидаги учрашувни суриялик ҳакам бошқариб боради  1 09:44Салоҳнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:20ПСЖ собиқ устози «Барселона»ни бошқариши мумкин  6 08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  1 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  9 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  1 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1

Yozda kelgan etti "qaldirg'och" Yangiliklar

Yozda kelgan etti "qaldirg'och"

Kecha, 26 iyul kuni Toshkentning "Bunyodkor" klubi davralar oralig'ida o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni tanishtirdi.

Biz "qaldirg'ochlar" tarkibiga qo'shilgan futbolchilarga batafsil to'xtalib o'tishga qaror qildik.

Islomjon Qobilov
01.06.1997
Himoyachi

Qaysi klubdan: "Metallurg"
Birinchi davradan statistikasi: 11ta o'yin 835 daqiqa 2ta gol


O'zbekiston U-22 terma jamoasi azosi huquqiy jihatdan "Bunyodkor"ga tegishli. Qobilov yil boshida "Metallurg"ga ijaraga berilgan edi. Mirjalol Qosimov himoyada turli poziciyalarda o'ynay oladigan futbolchini jamoaga qaytardi. Qobilov standart vaziyatlarda va uzoqdan kuchli zarba berishda xavfli hisoblanadi. Unga bejizga "Kolodin" deb laqab qo'yishmagan. Rossiyalik sobiq himoyachining ham zarbasi juda kuchli edi.


Sardor Sobirxo'jaev
06.11.1994
Yarim himoyachi

Qaysi klubdan: "SHo'rtan"
Birinchi davradagi statistikasi: 15ta o'yin 1153 daqiqa 1ta gol



2013-2015 yillar davomida "Bunyodkor" klubi sharafini himoya qilgan yarim himoyachi o'tgan yilni Jizzaxning "So'g'diyona" klubida boshlab Toshkentning "Obod" klubida yakunlagan edi.

Ushbu mavsumni esa G'uzorning "SHo'rtan" klubi safida boshladi. Sardor jamoani qaysi murabbiy boshqarsa ham maydonga tushaverdi. Yani Sobirxo'jaev 15ta o'yinda qatnashdi va 1ta gol urdi.

Mirjalol Qosimov o'z vaqtida ushbu futbolchi bilan aynan "Bunyodkor"da birga ishlagan. Yarim himoyachini Qosimov yana o'z jamoasiga chorladi. U tarkibdagi raqobatni oshirish uchun "qaldirg'ochlar" safiga qo'shildi deb o'ylaymiz.


Vohid SHodiev
09.11.1986
Hujumchi
Qaysi klubdan:
"Qizilqum"
Birinchi davradagi statistikasi: 12ta o'yin 803 daqiqa



Tajribali Vohid SHodiev ham Qosimovning oldingi shogirdlaridan biri. U oliy ligadagi faoliyatini 2008 yil "UzDongJu" safida boshlagandi. Keyingi yilgi Navoiyning "Qizilqum" klubida o'tkazib 7ta gol urgandi. Navbatdagi ikki mavsumni SHodiev vodiyda, "Neftchi" safida o'tkazgan hamda umuman gol ura olmagan edi. 2012-2013 yillarda hujumchi "Buxoro"da o'ynab 51ta uchrashuvda 17ta to'p kiritgan edi. Keyingi mavsumda aynan Qosimov uni "Bunyodkor"ga olib kelgandi. SHu tariqa Vohid "qaldirg'ochlar" tarkibida 2015 yil oxiriga qadar o'ynab 42ta bahsda 13ta gol urdi. O'zbekiston terma jamoasi safida Avstraliyadagi Osiyo Kubogida ishtirok etib qaytgan hujumchini Malayziyaning "Perak" klubi o'z tarkibiga qo'shib oldi. 2016 yil yarmida "Qizilqum" safida o'ynashni boshlagan SHodiev bir yildan keyin yana o'z sobiq klubi "Bunyodkor"ga qaytdi. Bu yil birinchi davrada hujumchi 12ta bahsda qatnashib umuman gol ura olmadi. Ko'ramiz SHodiev Qosimov qo'l ostida yana gol urishni boshlarmikin? Eldor SHomurodov jamoani tark etdi. Javohir Esonqulov "Metallurg"ga ijaraga berildi. SHunday ekan SHodiev ikkinchi davrada asosan SHahzodbek Nurmatov, Vadim CHemirtan va yana bir hujumchi bilan raqobat qiladi. Bu hujumchi haqida maqolamiz so'nggida malum qilamiz.

Anvar G'ofurov
14.05.1982
Himoyachi
Qaysi klubdan:
"Obod"
Birinchi davradagi statistikasi: 14ta o'yin 1260 daqiqa



Mirjalol Qosimov "Bunyodkor"ga qaytargan yana bir futbolchi bu tajribali himoyachi Anvar G'ofurov bo'ldi. "Paxtakor", "Navbahor", "Dinamo", "Mashal" kabi klublarda o'ynagan G'ofurov 2009 yilda "Bunyodkor"ga kelgan hamda 2016 yil yoziga qadar uzluksiz ravishda ushbu jamoa sharafini himoya qilgandi. O'tgan yil o'yin amaliyoti kam bo'lgan G'ofurov poytaxtning boshqa bir klubi bo'lgan "Obod" safiga o'tishga qaror qilgandi. G'ofurov ushbu jamoada sardor darajasiga chiqib olgandi. Qosimov sobiq "bunyodkorchi"ni yana jamoaga qaytarishga va markaziy himoyadagi raqobatni oshirishga qaror qildi.


Suhrobjon Sultonov
26.03.1990
Darvozabon
Qaysi klubdan
: "Metallurg"
Birinchi davradagi statistikasi: 9ta o'yin 810 daqiqa 10ta gol o'tkazgan



Allaqachon oliy ligada tajribali darvozabon bo'lib qolgan Suhrobjon Sultonov ko'p yillar davomida "Metallurg" safida o'ynadi. Aniqrog'i 2013 yildan buyon muntazam ravishda Bekobod klubi darvozasini qo'riqlagan Sultonov endi "Bunyodkor"da Zuhurov bilan raqobat qiladigan bo'ldi. Qosimov birinchi davrada "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyiga aylanganida jamoada hususan darvoza chizig'ida raqobat yo'qligini aytgan edi. SHu bois ikkinchi davra oldidan Toshkent klubi tajribali posbonni o'z tarkibiga qo'shib oldi.


SHoxrux Gadoev
31.12.1991
Yarim himoyachi
Qaysi klubdan:
"Buxoro"
Birinchi davradagi statistikasi: 15ta o'yin 1021 daqiqa 2ta gol



2012-2015 yillarda Qarshining "Nasaf" klubida o'ynagan yarim himoyachi ham o'z sobiq klubiga qaytdi. Gadoev aslida o'tgan yil yarmida "Bunyodkor"ga kelgandi. Sergey Lushan uni bir qator o'yinlarda maydonga tushirdi. Ammo shu yil boshida yarim himoyachining "Buxoro"ga ketishiga qarshilik qilmadi. 2017 yilning birinchi yarmida SHoxrux 15ta o'yinda qatnashib 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Gadoev  O'zbekiston terma jamoasida Qosimov qo'l ostida debyut qilgandi. Yani murabbiy ushbu futbolchining imkoniyatlarini juda yaxshi bilgani uchun ham o'z jamoasiga taklif qildi. Qanotda o'ynaydigan Gadoev turli joylarda harakat qila olishi bilan ham nom qozona olgan.

SHoxruz Norxonov
13.04.1993
Hujumchi
Qaysi klubdan:
"Obod"
Birinchi davradagi statistikasi: 14ta o'yin 1189 daqiqa 3ta gol


Yuqorida SHodiev raqobat qiladigan yana bir hujumchi bu SHohruz Norxonov edi. "Bunyodkor"ning ikkinchi davra oldidan qilgan eng muhim transferlaridan biri aynan Norxonov bo'ldi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Sababi "O'zbek Neymari"da  gol sezish qobiliyati yuqori va agar mehnat qilishda davom etsa terma jamoa darajasiga chiqishi ham mumkin. O'tgan yil "Obod" safida oliy ligada debyut qilgan hujumchi 29ta o'yinda raqiblar darvozasiga 14ta gol urishga erishgan hamda mavsum to'purarlari orasida uchinchi bo'lgandi. Ushbu mavsum birinchi davrasida Norxonov atiga 3ta to'p kiritdi. Ammo shunga qaramay aynan u "Obod"ning to'purari bo'lib turgandi. SHohruz endi Mirjalol Qosimov qo'l ostida qanday o'yin namoyish etishiga guvohi bo'lamiz.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика