So’nggi yangiliklar

21:45ESPN МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтингини тузди – Антони охирги ўринда, Онана эса биринчи  0 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  0 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  60 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   1 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  2 19:30Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатида Марказий Осиёдан 2 та терма жамоа иштирок этади  23 18:57Футзал. Таиланд чорак финалда Ироқни таслим қилди. Ярим финалдаги рақиб - Тожикистон  4 18:33Мбаппе ПСЖдан кетиши оқибатида 130 млн евродан воз кечиши мумкин  3 17:35"Спартак" собиқ устози "Милан"ни бош мураббийлигига асосий номзод   1 17:10«Сити»нинг икки асосий футболчиси «Брайтон»га қарши майдонга тушмаслиги мумкин  3 16:45«Атлетик»да 15 йил ўйнаган футболчи клубдан кетмоқда  3 16:21U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувида бизга таниш ҳакам ишлайди  21 16:04"Дон-дон-зики", хушчақчақ Кападзе — Ўзбекистон - Вьетнам учрашувидан 93 та расм  2 15:53Футзал. Эрон кетма-кет 9 марта Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  6 15:26АПЛда «Олтин қўлқоп» учун асосий даъвогар маълум бўлди  3

Yangi nominaciya. "O'zbek futboli rivojiga hissa qo'shayotgan eng yaxshi chet ellik murabbiy". Bu sovringa kim munosib? Yangiliklar

Yangi nominaciya. "O'zbek futboli rivojiga hissa qo'shayotgan eng yaxshi chet ellik murabbiy". Bu sovringa kim munosib?

O'FF rasmiy xabariga ko'ra, ertaga, yani, 14 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida futbol bo'yicha 2017 yilning "Eng yaxshilari"ni taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

Marosimda bir qator nominaciyalar bo'yicha joriy yilning eng yaxshilari aniqlanadi.

Etiborga molik jihati, bu yil O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash tizimiga o'zgartirish kiritilgan. Bungacha, g'oliblar, jurnalistlar o'rtasida tashkil etilgan so'rovnoma natijasiga ko'ra aniqlab kelingan bo'lsa, endilikda eng zo'rlarni belgilashda milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi.

Nominaciyalar orasida ilk bor taqdirlanishi kutilayotgan yo'nalishlarga ham ko'zingiz tushadi. Masalan, "Eng yaxshi ayol futbolchi", "Eng yaxshi futzalchi", "Eng yaxshi futbol akademiyasi" va "O'zbek futboli rivojiga hissa qo'shayotgan eng yaxshi chet ellik murabbiy" kabi nominaciyalar shular jumlasidandir.

"Yilning eng yaxshi futbolchisi" nominaciyasida Marat Bikmaev yaqqol ustunlik qiladi, "Eng yaxshi murabbiy" sovrini esa oltin dubl qayd etgan Mirko Yelichichdan ortmasa kerak. Bu borada unga "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev va "Navbahor"ni 5-o'ringa olib chiqqan Ilhom Mo'minjonovlar raqobat tug'dirishi mumkin.

"Eng yaxshi ayol futbolchisi" haqida bir narsa deyish qiyin. Sababi, ular ishtirokidagi uchrashuvlarni ha deganda ko'ravermaymiz. Futzalchilar ichida eng zo'ri bo'lishga bir nechta davogarlar mavjud. O'sha Artur Yunusov, Dilshod Irsaliev, Dilshod Rahmatovlar asosiy davogarlar safida bo'ladi.

"Eng yaxshi muxlislar jamoasi" nominaciyasi g'olibligi Toshkentda qolmasligi aniq. Bu sovrin ko'proq Namangan, Qarshi, Buxoro yoki Navoiy tomonlarga ketishi tarafdoriman. 

"Eng yaxshi futbol akademiya"si nominaciyasida "Bunyodkor", "Paxtakor" va "Nasaf" klublari asosiy nomzodlar hisoblanadi. "Fair Play" sovrini o'z-o'zidan mavsum davomida boshqalarga nisbatan kamroq jazolangan jamoaga nasib etsa kerak. "Yoshlar ligasi g'olibi" sovrini esa "Bunyodkor"ga topshiriladi.

Endi esa futbolimiz tarixida ilk marta topshirishi kutilayotgan "O'zbek futboli rivojiga hissa qo'shayotgan eng yaxshi chet ellik murabbiy" nominaciyasiga alohida to'xtalib o'tamiz.

Avvalo, klublarimizda faoliyat olib borayotgan chet ellik murabbiylarni sanab o'tamiz. Bular: "Lokmotiv"ni chempion qilgan avstraliyalik Mirko Yelichich, "Paxtakor" murabbiyi gruziliyalik SHota Arveladze, bir necha yildan beri yurtimizda faoliyat olib borayotgan "Mashal" ustozi rossiyalik Aleksandr Xomyakov va "Olmaliq" murabbiyi rossiyalik Viktor Kumikovlardir. Garchi Rossiya fuqaroligiga ega bo'lishsada "So'g'diyona" ustozi I.SHkvirin va 1-davrada "Bunyodkor"ga boshchilik qilgan Sergey Lushanni nomzodlar orasiga qo'shmadim. Sababi, ular baribir o'zimizni murabbiylar hisoblanadi.

Endi savol tug'iladi? CHet ellik murabbiylar orasidan eng zo'rini tanlab olishda qaysi mezonlarga asoslaniladi?

Agar qo'lga kiritgan yutuqlariga qaralsa, bu borada hammasi aniq. Sovrin so'zsiz Mirko Yelichichga ketadi. CHunki, avstraliyalik mutaxassis boshchiligidagi "Lokomotiv" jamoasi ikkinchi yildirki ichki chempionatimizda oltin dubl qayd etish bilan birga Osiyo maydonlarida ham imkon qadar yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilmoqda. Ikkinchi davradan boshlab yurtimizda faoliyat yuritishni boshlagan gruziyalik SHota Arveladze hisobida bronza medali mavjud. Qolgan xorijlik murabbiylar hisobida esa hech qanday sovrin yo'q.

Nominaciya nomiga etibor beradigan bo'lsak, unda "o'zbek futboli rivojiga hissa qo'shayotgan" degan jumlalar mavjud. Xo'sh, qanday hollarda biz ularni futbolimiz rivojiga hissa qo'shayapti deya olamiz? Bu borada ularning o'z jamoalarida kelajagi porloq yoshlarga qanchalik etibor berayotganligiga razm solsak to'g'ri bo'ladi chamamda.

Keling, qo'yida yurtimizda faoliyat olib borayotgan chet el murabbiylarining yoshlarga bo'lgan etiborlarini o'rganib chiqamiz. SHartli ravishda jamoalarda 20 va undan kichik bo'lgan yosh futbolchilarning maydondagi statistikasini tahlil qilib ko'ramiz.


Mirko Yelichich jamoasida mavsum davomida 1997 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilar soni 3 nafarni tashkil etadi. Bular nigeriyalik Olabiran Blessing (1998 yilda tug'ilgan), kot-d'ivuarlik Nore Krizo (1997) va o'zbekistonlik Azizbek Omonov (1997). Mazkur o'yinchilar orasida eng ko'p maydonda harakat qilgani bu Azizbek Omonovdir. Uning hisobida 11 ta o'yin (jami 357 daqiqa harakat qilgan) mavjud bo'lib, shu o'yinlarda u sheriklariga 2 ta golli pas berib, o'z hisobiga bitta gol yozib qo'yishga muvaffaq bo'lgan. Bir marta hakamlar tomonidan ogohlantirilgan. Olabiran Blessing 5 ta o'yinda 191 daqiqa harakat qilib 1 marta raqib posbonini ojiz qoldirgan. Nore Krizo esa 2 tagina o'yinda ishtirok etib, maydonda bor yo'g'i 39 daqiqa harakatlangan. Balki, murabbiy natija uchungina harakat qilib, faqat tajribali o'yinchilar xizmatidan foydalanishga jazm qilgandir. SHunday bo'lsada, chempion jamoa tarkibida 3 tagina (ulardan ikkitasi xorijlik) yosh o'yinchining maydonda harakatlanganligi biroz kamdek, chamamda.


SHota Arveladze qo'l ostidagi jamoa tarkibida 20 va undan kichkina bo'lgan o'yinchilar ko'proq harakat qilgan. Ularning soni 11 nafarni tashkil etadi. To'g'ri, ularning ayrimlari gruziliyalik mutaxassis kelgunga qadar asosiy tarkibda debyut qilgan, lekin Arveladze ham tarkibni keskin kuchaytirgan bo'lishiga qaramay, o'sha yoshlarga imkon berishda davom etdi. Uning qo'li ostida ayniqsa Xojiakbar Alijonov asosiy tarkib o'yinchisi bo'lmish Davron Hoshimovni o'rnini egallay oldi. 20 yoshdan kichik bo'lgan va eng ko'p maydonda harakat qilgan o'yinchi Suhrob Nurulleev (1998) hisoblanadi. U mavsum mobaynida 25 ta o'yinda ishtirok etib, maydonda 1373 daqiqa harakat qildi. Uning hisobida 3 ta gol, 5 ta golli pas va 2 ta sariq kartochka mavjud. Yarim himoyachi Doston Ibrohimov (1997) hisobida 13 ta o'yin bor. Doston maydonda bor yo'g'i 283 daqiqa harakat qilgan bo'lsada 1 ta gol urib, 1 ta sariq kartochka ishlab olgan. Himoyachi Hojiakbar Alijonov (1997) "sherlar"ning 12 ta o'yinida 911 daqiqa harakatlangan. Yarim himoya chizig'i vakili bo'lgan Jasur Yaxshiboev (1997) 10 ta o'yinda ishtirok etdi. Maydonda 266 daqiqa harakatlangan Jasur garchi gol ura olmagan bo'lsada, 1 ta golga hammualliflik qildi. Yana bir yarim himoyachi Jamshid Yusupov (1997) esa 6 ta o'yinda maydonga tushib (192 daqiqa) 1 ta sariq kartochka ishlab olgan. Hujumchi Behruz Sadullaev (1999) ham 2 ta o'yinda maydonga tushib (bor yo'g'i 14 daqiqa o'ynagan) 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bundan tashqari, "Paxtakor" tarkibida SHota Arveladzega qadar 1 martadan o'ynashga muvaffaq bo'lgan yosh o'yinchilar mavjud. Ular: 2 davradan "Qo'qon-1912" tarkibida ajoyib harakat qilgan Xushnudbek Avilov (4 ta o'yin, 213 daqiqa), 2000 yilda tavallud topganlar orasida oliy ligada o'z debyutini nishonlagan birinchi futbolchi bo'lgan Ibrohim G'anixonov (1 ta o'yin, 15 daqiqa), SHohrux Mahmudhojiev (1 ta o'yin, 6 daqiqa), darvozabon SHohruhjon Raimov (1 ta o'yin, 90 daqiqa) va Hojiakbar Jo'raevlardir (1 ta o'yin, 1 daqiqa).


Ishonish qiyinu, lekin yakuniga etgan oliy liga mavsumida Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Mashal" tarkibida 20 va undan yosh bo'lgan birorta o'yinchi maydonga tushmagan. O'z akademiyasiga ega bo'lgan klub tarkibida bittayam yosh o'yinchiga imkon berilmaganligiga nima deb izoh berishga ham hayronman. Mavsum davomida 25 ta futbolchi xizmatlaridan foydalangan rossiyalik mutaxassis yoshlarga hushi yo'q shekilli. Agarda jamoa sovrinli o'rinlardan birini egallagan bo'lganda ham boshqa gap edi. Ha endi, natija uchun tavakkalga qo'l urmagan-da deb qo'ya qolar edik. Lekin, jamoa yakunda 9-o'rinni egalladi.


Malum tanaffusdan so'ng yana yurtimizga qaytib "Olmaliq" jamoasida ish olib borgan rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov jamoasida esa 2017 yilgi mavsumda bor yo'g'i 1 ta 1997 yilda tug'ilgan futbolchi harakat qilgan. Yarim himoyachi hisoblangan Dadaxon Yusupov chempionat o'yinlarida atiga 1 ta o'yinda maydonga tushib 22 daqiqa harakat qilgan.

Ko'rinib turibdiki, kelajagimiz bo'lgan yoshlarga etibor berish borasida "Paxtakor" ustozi SHota Arveladze yaqqol etakchilik qilmoqda. SHunday ekan, "O'zbek futboli rivojiga hissa qo'shayotgan eng yaxshi chet ellik murabbiy" nominaciyasida g'olib bo'lishga asosiy davogarlar 2 ta: M.Yelichich va SH.Arveladze. Biri ichki maydonda ketma-ket sovrinlarni qo'lga kiritishdan charchamayotgan bo'lsa, ikkinchisi yarim yil oldin yurtimizga tashrif buyurganiga qaramay o'z jamoasida yoshlarga imkon berishdan cho'chimayapti.
Nominaciya g'olibligi kimga nasib etishini esa ertaga bilib olamiz!


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика