Vengriya terma jamoasi murabbiysiz qoldi
18 okt 2017 00:52
Yangiliklar
Vengriya terma jamoasi murabbiysiz qoldi
Vengriya futbol uyushmasi o'z rasmiy saytida malum qilishicha, Bernd SHtork bundan buyon milliy terma jamoa bosh murabbiyi hisoblanmaydi.
Vengriya termasi JCH-2018 saralash bosqichi Evropa mintaqasi “V” guruhida uchinchi o'rinni egallab, JCHga chiqish uchun kurashdan to'xtadi.
Germaniyalik mutaxassis 2015 yil yozida jamoa boshqaruviga kelgan va termani Evro-2016 final bosqichiga olib chiqqandi. O'shanda vengriyaliklar musobaqaning 1/8 finalida Belgiya termasiga mag'lub bo'lishgandi.
Vengriya terma jamoasi oxirgi marta 1986 yil Meksikada o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etgan.
Fikrlar