So’nggi yangiliklar

02:10АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон"га ютқазиб, чемпионлик пойгасидаги имкониятларини янада ёмонлаштириб юборди  18 02:00АПЛ. "Ман Юнайтед" 20-ўриндаги "Шеффилд"ни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  32 00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  2 00:35Франция. ПСЖ "Лорьян"дан устун келди ва чемпионлик масаласини деярли ҳал қилди  1 00:22Breaking: Хави "Барселона"да қолишга қарор қилди!  15 23:54"Реал Мадрид" "Милан" ҳимоячисининг трансфери устида ишламоқда  0 23:23 Хосе Венансио Лопес: "Эронга қарши баҳс жуда қийин ва мураккаб бўлиши аниқ, бироқ биз ўз потенциалимизга ишонамиз"  5 22:50"Барселона" ва Хави ўртасида музокаралар ўтказилди. Лапорта мураббийни олиб қолмоқчи  2 22:28Эрлинг Холанд "Сити"нинг АПЛдаги ўйинини ўтказиб юборади. Гвардиола буни тасдиқлади  1 22:05Перес "Эл Класико"дан олдин ҳакамларнинг ёнига бориб, улар билан саломлашган. "Барса" ўйинчилари бу ҳолатнинг гувоҳи бўлишган  30 21:45МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтинги тузилди – Антони охирги ўринда, Онана эса...  4 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  1 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  65 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   4 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  3

Ularni maydonda boshqa ko'rmaymiz FOTO Yangiliklar


O'tib borayotgan yozda futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan mashhur futbolchilar bilan tanishing.

Skott Parker (36 yosh, so'nggi klubi – Fulxem)


Londonning 5ta klubida o'ynab (CHarlton, CHelsi, Vest Xem, Tottenxem, Fulxem) APL rekordini o'rnatgan markaziy yarim himoyachi. 2010 yillarda mamlakatning eng kuchli tayanch yarim himoyachisi edi va Vest Xem mavsumni so'nggi o'rinda tugatgan yilda jurnalistlar talqiniga ko'ra premer-liganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Endi Parker Tottenxem yoshlar jamoalaridan birida murabbiylik qiladi.



Pol Robinson (37 yosh, so'nggi klubi – Bernli)

Angliya terma jamoasi darvozabonlari orasida kamroq kulguga sabab bo'lganlardan biri. JCH-2006da aynan u Angliyaning asosiy posboni bo'lgandi, Lids safida Barselona va Realga qarshi o'ynagan, Tottenxem safida gol urgan (VIDEO), Lids va Blekbern bilan APLdan tushib ketgan, Bernli bilan esa APLga chiqqan Robinson endi faqat uydagi darvozasini qo'riqlaydi xolos.



Alvaro Arbeloa (34 yosh, so'nggi klubi – Vest Xem)

Yulduz bo'lmagan lekin Real megayulduzari va Ispaniya terma jamoasi bilan birga dunyodagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan futbolchi. U Angliyada Liverpul va Vest Xem hamda Italiyada Napoli safida ham o'ynagan. Futbolchi faoliyati davomida Ispaniya terma jamoasi safida 2010 yil Jahon chempioni, 2008 va 2012 yillarda Evropa chempioni bo'ldi. "Real" tarkibida Ispaniya chempioni, ikki marta Ispaniya kubogi, Ispaniya Superkubogi, ikki bor UEFA CHempionlar ligasi (Braziliyalik Ronaldo, Zlatan Ibragimovich va Buffon bir chetda yig'lab turishibdi), klublar o'rtasidagi Jahon chempionati va UEFA Superkubogida g'olib chiqdi.


Tomas Sorensen (41 yosh, so'nggi klubi – Melburn Siti)

Xatto XXI asr boshida APLni tomosha qilmagan bo'lsangiz ham u erda Tomas Sorensen o'ynaganini bilsangiz kerak. Daniyalik posbon APLda 400dan ortiq (Kuinn va Fillips bilan Sanderlendda, Barri va Anxel bilan Aston Villada, Delap va Fuller bilan Stokda) o'yin o'tkazib qo'ygan. Sorensen Daniya terma jamoasi safida 100dan ortiq bahslarda ishtirok etgan (2ta Jahon va 2ta Evropa chempionatida qatnashgan).



Aleksandr Kerjakov (34 yosh, so'nggi klubi – Zenit)

Rossiyada xizmat ko'rsatgan sportchi, Rossiya futboli tarixidagi eng yaxshi to'purar (233ta gol), "Zenit" klubi tarixidagi eng yaxshi to'purar (161ta gol), Rossiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar (30ta gol)... Uch karra Rossiya chempioni, Rossiya kubogi va Superkubogi sohibi, "Sevilya" tarkibida UEFA kubogi, Ispaniya kubogi va Ispaniya Superkubogi sohibi, "Cyurix" safida SHveycariya kubogi sohibi bo'lgan Aleksandr Kerjakov uchun inglizlar maxsus fel ham o'ylab topishganini ko'pchilik bilsa kerak.



Tiagu Mendesh (36 yosh, so'nggi klubi – Atletiko)

Aqlli yarim himoyachi, Braga, Benfika, CHelsi, Lion va Yuventus kabi klublarda o'ynab keyin Atletikoda yulduz bo'lgan. O'tgan mavsum oxirida boshqa bunday yuqori saviyada o'ynay olmasligini aytib butsalarini sandiqqa solishga qaror qildi, biroq klubiga sodiq qolib Diego Simeonega yordamchi bo'ldi.


Martin Demichelis (36 yosh, so'nggi klubi – Malaga)

Argentinalik markaziy himoyachi, faoliyatining asosiy qismini Bavariyada o'tkazgan. Germaniyada 4 marta bundesligada zafar quchgan, keyin Ispaniyaga ketgan, Manuel Pellegrini tufayli Angliyaga kelib Man Siti safida APLda g'olib chiqqan va yana Ispaniyaga qaytgan.



Michu (31 yil, so'nggi klubi – Ovedo)

Mikael Laudrup boshchiligidagi Suonsida APLda debyut qilgan Michu barchani o'ziga qaratgandi, ko'pchilik uni top-klubga o'tishini taxmin qilgandi. Yakunda Michu grandlar safiga emas Ispaniyaning 4-divizionida ishtirok etuvchi klubda paydo bo'ldi. Jarohatlar ajoyib kechishi kutilgan faoliyatga nuqta qo'yib qo'ydi.


Antonio Kassano (35 yosh, so'nggi klubi – Verona)

Yozni kim qiziqarli o'tkazayapt desangiz ikkilanmay Antonio Kassano deb aytish mumkin. Iyul oyida Verona bilan shartnoma tuzli, bir necha kundan so'ng matbuot anjumani tashkil etib futboldan ketishini malum qildi, o'sha kuniyoq fikridan qaytganini aytdi, ikkita o'rtoqlik o'yinida qatnashgach yana ketamanga tushib qoldi. Kassanoning turmush o'rtog'i ijtimoiy tarmoqlarda Antonio o'ziga yangi klub qidirayotganini yozdi – er esa buni rad qildi. Umuman olganda Kassanoning butun faoliyati ham shunday o'tdi – qiziqarli, dramatik, ammo juda ham achinarli.



Filipp Lam (33 yosh, Bavariya)

Balki u Xosep Gvardiola bilan birga ishlagan eng aqlli futbolchidir. Balki, XXI asrning eng yaxshi nemis himoyachisidir. U barchani yig'latib ketdi.

Qizil kartochkani ko'rmagan buyuk himoyachi va maestro futboldan ketdi...

Xabi Alonso (35 yosh, so'nggi klubi – Bavariya)

U haqida ham barchasini bilasiz: Liverpul va Real bilan ECHLni qo'lga kiritgan, Bavariya bilan Bundesligani yutgan, Ispaniya safida Evropa va Jahon chempioni bo'lgan. Uning eng mashhur gapi: Xet-trik qayd etib jurnalning birinchi sahifasidan joy olish mega xos emas.



Dirk Kyuyt (36 yosh, so'nggi klubi – Feyenoord)

Futbol sharhlovchilari hozir ham uning familiyasi aslida talaffuz qilinishi borasida bahslashishlari turgan gap. Feyenoord safida 164ta o'yin o'tkazib 102ta gol urgan futbolchi o'zining oxirgi mavsumida ushbu klubni Gollandiya chempioni qilib ketdi. Kyuyt terma jamoa safida 2010 yil Jahon chempionatida kumush medalni, 4 yil o'tgach mundial bronza medalini qo'lga kiritgan.

18 yil kutilgan chempionlik. U qanday nishonlandi? FOTO + VIDEO


Franchesko Totti (40 yosh, birinchi va so'nggi klubi – Roma)

No comment.



sports.ru saytidan Narzulla tarjima qildi

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика