So’nggi yangiliklar

15:26АПЛда «Олтин қўлқоп» учун асосий даъвогар маълум бўлди  0 15:05"Фейеноорд" бош мураббийи топ-клублардан бирида иш бошлаши мумкин  0 14:45"Ўзбекистон ҳеч кимдан қўрқмаслигини намойиш этди". Сайтимизнинг россиялик ходими Вьетнам устидан қозонилган ғалаба ҳақида қандай фикрда?  4 14:25Футзал. Тожикистон ўз тарихида илк бор Жаҳон чемпионатига чиқди!  11 14:20Обит яна футбол ўйнай оладими?  0 14:08Карлос Тевес шифохонага тушиб қолди  0 13:51"Барселона" ёзги трансфер ойнасида ярим ҳимоячисини сотади  2 13:15Ўзбекистон ОТЖ Осиё кубоклари тарихида энг кўп легионер билан иштирок этмоқда. Аввалги турнирларда вазият қандай бўлган?  9 12:482 йил аввал Ўзбекистонни ютган Саудия Арабистони таркиби қанчалик ўзгарган?   9 11:35Биринчи лига. "Пахтакор-79"га иккинчи турда ҳам техник мағлубият ёзилди  2 11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  7 10:45Алонсо ва Аморим билан келиша олмаган «Ливерпул»нинг янги устози ким бўлиши маълум  6 10:19Микель Артета Лондон дербисидаги ғалабадан сўнг нималар деди?  5 09:51«Реал Мадрид» футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  18 09:22Эшитдик-да! "Бунёдкор"да яна бош мураббий ўзгарди  10

"Tilla yigitlar" va ularning kelajagi Yangiliklar

"Tilla yigitlar" va ularning kelajagi

SHu kunlarda "Golden Boy" sovrini uchun nomzodlar ro'yxati elon qilinganidan xabaringiz bor albatta.

Demak, bugun ana o'sha yoshlardan o'ziga xos "kelajak termasi"ni tuzib chiqamiz. Amaldagi Evropa CHempioni, o'tgan yilgi "Golden Boy" sovrini egasi Renatu Sanchesh "Bavariya"dan "Suonsi"ga o'tganini inobatga olsak, navbatdagi iqtidorlar taqdiri nima bo'larkin? Va ularning narxi qancha bo'ladi yoki bugungi kunda qancha? Qiziq, agarda moliyaviy "feyr-pley" bo'lmaganda, bu tarkib PSJ, "Manchester Siti", "Barselona", "Real" yoki "Manchester Yunayted"ga qanchaga tushgan bo'lardi?



Darvozabon
Janluidji Donnarumma (“Milan” 18 yoshda)

Rayola sal qolsa, Donnarumma uchun "Milan"dek buyuk klub sardorlik bog'ichini undirib berardi. To'g'ri Janluidji iqtidorli posbon, ammo hali juda yosh va bog'ichga egalik qilishga ulguradi.

U Buffondek afsonaga aylana oladimi yoki yo'q, bu xatolar ustida ishlay olishi va albatta, klubning qanday qaror qabul qilishiga bog'liq.

Mabodo “Real” va PSJ boshqalarni tanlasa, u holda Rayola mijozi Janluidjini MYUga olib o'tishini taminlashi hech gap emas. Buning uchun De Xea ham Madridga qaytib ketishi zarur.

Qaerga ketadi? PSJ yoki "Real"?
Taxminiy narxi? 70 million evro.



Himoyachilar
Benjamin Xenriks (“Bayer”, 20 yosh)

Bu yigit bor yo'g'i 20 yoshni qarshilaganiga qaramay, ham himoya markazida, ham himoya qanotida, ham yarim himoyada va kerek bo'lsa hujumda ham o'ynay oladi.

U eng iqtidorli nemis futbolchilaridan biri hisoblanadi. U “Oltin to'p” mukofoti uchligidan joy olmasa ham, sovrinlarga ega bo'laveradi. Uning maydondagi harakatlaridan shundoq ham iqtidorli futbolchi ekanligini bilib olish qiyin emas.

Qaerga ketadi? “Bavariya”dan tashqari, “Barcelona”, “Manchester Yunayted” va boshqa jamoalar qiziqish bildirishi mumkin.
Taxminiy narxi? Himoyachi - 40 mln, yarim himoyachi bo'lsa - 60 million evro.



Jo Gomes (“Liverpul”, 20 yosh)
O'tgan yil "Krasnodar"ga qarshi "Zalcburg"da to'p surgan bo'lsa, hozirda “Leypcig”da faoliyat yuritmoqda. Lekin Jo Gomes “universal” futbolchilardan qolishmaydi. CHunki u ham himoyada turli xil poziciyalarda o'ynay oladi. Bu ham etmagandek 20 yoshida Klopp jamoasining asosiy tarkibiga "ko'z olaytirishga" ulgurdi. Agar kelgusida bo'ydor Jo ham himoya markazi, ham himoya qanotida to'p sursa, bir necha yil ichida Stounzdan ham o'zib ketishi hech gap emas.
Qaerga ketadi? APLning boshqa klublari “CHelsi”, “Manchester Yunayted”ga to'g'ri keladi
Taxminiy narxi? 60 mln evro.



Matiys de Ligt (“Ayaks”, 18 yosh)
Davinson Sanchesga bo'lganidek 45 million emas, “Tottenxem” 50-60 million evro tayyorlayversin. Axir o'tgan yozda endigina 17 yoshga kirgan de Ligt Evropa Ligasi finalida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'ldi. U markaziy himoyachi. Ha, gollandiyalik har doim ham aniq o'ynamasa-da, lekin uni eng iqtidorlilar safidan chetlashtira olmaymiz. Ammo u endi 18 yoshda! Ancha qarib qoldi!
Qaerga ketadi? APLning istalgan klubi yoki “Barcelona”
Taxminiy narxi? 50 mln evro.



Teo Ernandes (“Real”, 19 yosh)
Balki, Teo Zidanning nomalum "o'g'illaridan" biridir, bo'lmasa “Real”ga shunchalik vaqtli kelarmidi? Nima bo'lganda ham, Marselo bor jamoada, himoyaning chap qanotidan umid qilish qiyin. “Real” uni o'z jamoasiga taklif qilsa-yu, u buni qanday qilib rad etadi? “Atletiko” ham himoyachisi tortib olingan bo'lsa-da, “Real”ni 25 million evro evaziga "kechirdi". Hech qanday termada o'ynamagan yosh futbolchi uchun bu yomon natija emas. Zidan esa uni yanada yuksalishiga yordam beradi.
Qaerga ketadi? Hozir “Real”da, francuz bo'lgani uchun balki PSJ.
Taxminiy narxi? 40 mln evro, lekin "Real" uni berib qo'ymaydi.


Yarim himoyachilar
Amadu Diavara (Napoli, 20 yosh)

Yaqin vaqtlardan beri tayanch yarim himoyachilarining qadriga eta boshlashdi. SHu sababli ham Diavara kerakli vaqtda, kerakli joyda, yani A Seriyasida paydo bo'ldi.

Mauricio Sarri kelajakda yosh Amaduni dunyoning eng kuchli tayanch himoyachilaridan biriga aylantira oladi. Hozircha esa u iqtidorli, o'sib kelayotgan yoshlardan biri.

Abjir, jismoniy tomonlama kuchli, tez fikrlovchi futbolchi o'ziga xos o'yin uslubiga ega. SHunday ekan Gvineya terma jamoasidagilar bilib qolmasidan, italiyaliklar otni qamchilab qolishi zarur.

Qaerga ketadi? "CHelsi" va "Yuventus"dan Madridning "Real"igacha.
Taxminiy narxi: 50 mln. evro.



Yuri Tilemans (Monako, 20 yosh) – jamoa sardori

Bekorga uni ushbu jamoaning sardori deb atamayapmiz. Tilemans bu futbolchilar ichida eng tajribalisi.

"Monako"ning yangi futbolchisi va "Anderlext" tarbiyalanuvchisi yosh bo'lishiga qaramay, katta, professinal futbolda 4 mavsum o'tkazishga ulgurdi.

Yani katta futbolga u 16 yoshida kirib kelgan. Yurini porloq kelajak kutayotganiga shubhamiz yo'q. Gaplarimizga ishonmaganlar, "Monako"ning o'yinlarini tomosha qilib ko'rsinlar.

Francuzlar futbolchilar uchun 20 mln. evro to'lashdi va hozirgi narx-navoda bemalol keyingi yoz 60 millionlarga sotib yubora oladi.

Qaerga ketadi? Barchasi yaxshi ketsa "Yuventus", PSJ yoki "Barselona"da ko'rishimiz hech gap emas.
Taxminiy narxi: 60 mln. evro.



Federiko Keza (Fiorentina, 19 yosh)
Iqtidorli yarim himoyachilar etarli. "Portu" kutilmaganda "Vulverxempton"ga ijaraga berib yuborgan - Nevesh, "Real Sosedad" yarim himoyachisi - Mikel Oyarzabal. Biroq biz Enriko Kezaning o'g'li – Federikoni tanlaymiz. Bu ketishda u otasini ham ortda qoldiradi. Bor yo'g'i o'n to'qqiz yoshga kirgan futbolchi raqiblarni "charchatishni" boshlab yuborgan. Agar jarohat pand bermasa – tezkor, har bir harakatdan avval fikrlovchi va darvozaga zarba berishdan tortinmaydigan xavbek chiqadi Kezadan.
Qaerga ketadi? "Fiorentina"dan nafaqat "Yuventus"ga, balki "Milan"ga ham o'tib ketishi mumkin.
Taxminiy narxi: 100 mln. evrodan sal kamroq – "Malaga"dan "Real"ga o'tayotgan davrdagi Iskoning narxi ham hozir taxminan shuncha bo'lardi.



Hujumchilar
Kristian Pulishich (Borussiya D, 19 yosh)

Dembele bopladi – nafaqat o'zi, farzandi, balki nabiralariga ham etadigan moddiy boylikni taminlab qo'ydi "Barselona"ga o'tgan francuz. Lekin amerikalik xorvat Pulishich hali ancha kuchayadiganga o'xshaydi.

Kristianga nazar tashlar ekansiz, uning universalligiga qoyil qolmay iloj yo'q. U maydonning deyarli istalgan chizig'ida o'ynab keta oladigan tug'ma etakchi. "Borussiya" futbolchisi hech ham mehnatdan qochmaydi. Stabillik odatda yorqin startdan ko'proq qadrlanadi va yodda qoladi.

Qaerga ketadi?
Agar "Bavariya" bo'lmasa, APL klublari – balki bolalikda muxlislik qilgan MYU gadir.
Taxminiy narxi: 80 mln. evro.


Gabriel Jezus (Manchester Siti, 20 let)

Futbolchi sifatida Jezus hamshahari Reshforddan ham qiziqroqdek. Ronaldo va Pele istalgan ingliz hujumchisidan qiziqroq o'yin ko'rsatganidek. Ammo Markus Evropa Ligasini yutib ulgurgan. Biroq Mourino inglizga to'liq ishonganida unga asosiy tarkib hujum chizig'idan joy topib bergan bo'lardi. O'z navbatida Xosep shogirdi Jezusga ishonadi. Har holda hozircha.

Qaerga ketadi? Hozirning o'zida "Manchester Siti"da, balki "Barselona"ga o'tar, misol uchunda.
Taxminiy narxi: 80 mln. evro.



Kilian Mbappe (PSJ, 18 yosh)

Kelajakda Mbappe bilan bo'ladigan aniq narsa – PSJda u penalti tepmaydi. Bolaligidan Zidanning muxlisi bo'lgan Mbappe "Monako"dagidanda yaxshiroq o'ynay olishiga shubha qilmaymiz. U ona shahriga qaytdi va yosh Mbappening qatiy qarorlari kishini ajablantirmay qoldirmayapti. Xuddiki u Anrining ko'p narsani ko'rib ulgurgandagi holatidagidek.

Qaerga ketadi?
PSJdan ketsa, faqat "Real"ga, sababi sevimli jamoasi va kumiri Zidan o'sha erda. Agar futbolchining bu boradagi gaplari yolg'on bo'lmasa.
Taxminiy narxi: 100 mln. evro dan qimmatroq.

Soccer.ru saytidan Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика